
Italiya chempionatining 38-turi doirasida «Milan» Bergamoda «Atalanta» klubi mehmoni bo‘lib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, «rossoneri» A seriyaning joriy mavsumida mehmondagi 16ta bahsida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Bu musobaqa tarixidagi rekord natija hisoblanadi.
Bundan tashqari, bu Yevropaning top-5 chempionatlaridagi rekordning takrorlanishi hisoblanadi. «Real» La liga-2011/12da, «Manchester Siti» esa APL-2017/18da mehmondagi 16ta uchrashuvida g‘alaba nashidasini surgan.
«Milan» ushbu mavsumni 2-o‘rinda yakunladi va 2013 yildan beri ilk marta Yevropa chempionlari ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Uaylder: "Pol - Joshua? Men bunday janglarga ko'rgazmali to'qnashuv sifatida qarayman"
Umar Kremlyov boks bo'yicha 2027 yilgi IBA Jahon chempionati qaerda o'tishi mumkinligini aytdi