SportUz.Net
photo photo

Keyn — APL tarixida bunday natija qayd etgan ikkinchi futbolchi

23.05.2021 23:31    


Rasmni yuklab olish

Angliya chempionatining 2020/2021 yilgi mavsumi yakunlandi.

«Tottenxem» hujumchisi Xarri Keyn 23 gol bilan joriy mavsumning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Angliyalik futbolchi so‘nggi turda «Lester» darvozasini bir marta ishg‘ol qilib, «Liverpul» forvardi Muhammad Salohni ortda qoldirdi.

Shuningdek, Xarri ushbu mavsumda APLda eng yaxshi assistentga ham aylandi. U mavsum davomida 14 marta sheriklariga golli uzatmani amalga oshirdi. Assistlar soni bo‘yicha keyingi o‘rinlarni «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh va «Manchester Siti» pleymeykeri Kevin De Breyne egallashdi — 12tadan assist.

Keyn Angliya premyer-ligasi tarixida bir mavsumda ham eng yaxshi to‘purar, ham eng yaxshi assistentga aylangan ikkinchi futbolchiga aylandi. Avvalroq bu ishni Endi Koul uddalagandi. U mavsum-1993/1994da «Nyukasl» safida 34ta gol va 13ta samarali uzatma muallifiga aylangan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: