"Manchester Siti" darvozaboni Ederson muddatidan avval Angliya premyer-ligasining joriy mavsumidagi "Oltin qo‘lqop" sovrinini qo‘lga kiritdi.
APLning 37-turidan o‘rin olgan "Chelsi" - "Lester" bahsida londonliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Shu tariqa, "ko‘klar" posboni Eduar Mendi mavsum-2020/21da "quruq" o‘yinlar soni bo‘yicha "Siti" posboniga yetib olish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi. Joriy mavsumda Mendi 16ta, Ederson esa 18ta uchrashuvda o‘z darvozasidan to‘p olib chiqmagan.
Ramazon Temirov ishtirok etadigan UFC Abu-Dabi turnirining markaziy jangi elon qilindi
UFC 315 turnirining bonus sohiblari malum, chempionlik jangi eng yaxshisi deb topildi