SportUz.Net
photo photo

Ronaldu noyob natija muallifiga aylandi

15.05.2021 00:23    


Rasmni yuklab olish

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya chempionatining 36-turi doirasida "Sassuolo"ga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda (3:1) bitta gol muallifiga aylandi. Natijada uning "keksa sinyora" safidagi gollari soni 100taga yetdi.

Shu tariqa, portugaliyalik futbolchi 3ta mamlakat klublari safida 100 va undan ortiq gol urgan tarixdagi ilk o‘yinchiga aylandi.

Ronaldu "Real" safida 450ta, "Manchester Yunayted" tarkibida 118ta gol muallifiga aylangan. Shuningdek, u Portugaliya terma jamoasi libosida 103 marta raqiblarini xafa qilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: