«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Angliya chempionatining 34-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Liverpul»ga qarshi o‘yinda bitta gol muallifiga aylandi. «Old Trafford» bo‘lib o‘tgan bahsda mersisaydliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Fernandesh uchun mazkur gol joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida «MYU» safidagi 28-gol bo‘ldi. Portugaliyalik futbolchi ushbu natija orqali APL yarim himoyachilari orasida bir mavsumda urilgan gollari soni bo‘yicha rekordni yangiladi. «Chelsi» sobiq yarim himoyachisi Frenk Lempard mavsum-2009/10da barcha musobaqalar doirasida 27ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi.
"Kichik bolalarga imkon berishdan charchadim". Maxachev Topuriya bilan jang haqida gapirdi