SportUz.Net
photo photo

Levandovski 200lik marradan oshdi

09.05.2021 21:31    


Rasmni yuklab olish

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski Menxengladbaxning «Borussiya» klubiga qarshi uchrashuvda xet-trik qayd etdi.

Shu tariqa polshalik futbolchi myunxenliklar safida Germaniya chempionati doirasida 201-golini urdi. U Bundesliga tarixida bir klub safida 200tadan oshiq gol urgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Birinchisi «Bavariya»ning afsonaviy hujumchisi Gerd Myullerdir. U Myunxen jamoasi safida 365ta gol urgan.

Shuningdek, «Borussiya» bilan bo‘lgan bahsda Levandovski Germaniya chempionatlaridagi eng tezkor golini urdi. Robert menxengladbaxliklar darvozasini ishg‘ol qilganida soat millari 1 daqiqayu 53 soniyani ko‘rsatib turgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: