SportUz.Net
photo photo

A seriyaning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

02.05.2021 04:31    


Rasmni yuklab olish

«Atalanta» hujumchisi Luis Muriel Italiya chempionatining aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. O‘tgan oyda 30 yoshli futbolchi 5ta uchrashuvda maydonga tushib, 3ta gol urgan va bir golga assistentlik qilgan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra ko‘ra futbolchining texnik ko‘rsatkichlari 95,5 foizni, jismoniy ko‘rsatkichlari esa 95 foizni tashkil qilgan. Shuningdek, kolumbiyalik futbolchi maydonda qaysi pozisiyani egallash va to‘pni qabul qilib olgandan so‘ng nima qilish kerakligini bilishi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, «Atalanta» joriy mavsumda gol urish borasida Yevropaning top-5 chempionatlarida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: