SportUz.Net
photo photo

Ronaldu «Real»ni tark etganidan buyon YECHLda kim ko‘proq gol urdi: Krishtianu yoki Benzema?

28.04.2021 09:31    


Rasmni yuklab olish

"Real" hujumchisi Karim Benzema Yevropa chempionlar ligasining yarim final bosqichida "Chelsi"ga qarshi o‘yinda (1:1) bitta gol muallifiga aylandi.

Fransiyalik futbolchi uchun mazkur gol Krishtianu Ronaldu jamoani tark etganidan buyon musobaqadagi 15-gol bo‘ldi. Portugaliyalik futbolchining o‘zi esa 2018 yilda "Yuventus"ga o‘tganidan buyon YECHL doirasida 14ta gol urdi.

33 yoshli Benzema Chempionlar ligasidagi umumiy gollari sonini 71taga yetkazib, "Real"ning sobiq forvardi Raulga yetib oldi. YECHLda faqat uch futbolchilar ulardan ko‘proq gol urishgan: Ronaldu (134 gol), Lionel Messi (120) va Robert Levandovski (73).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: