SportUz.Net

photo photo

Sportchilar oilasi. SHevchenkolar oilasiga atalgan hafta. Onasi Jahon chempioni. Opa-singillar esa UFC 255 kechasida g'alaba erishishdi. TAVSIYA QILAMIZ!

08.02.2021 11:35    


Rasmni yuklab olish

Opa-singillar ilk bor UFC kechasida ishtirok etdi!

Valentina SHevchenko — eng engil vazn toifasida UFC kamari sohibi. U UFC 255 kechasida Jennifer Mayyaga qarshi oktagonga ko'tarildi va bahsda to'liq ustunlikka erishdi.

Antonina va Valentina xonimlarning onasi esa uch daqiqa ichida jahon chempionligini qo'lga kiritdi.

Valentina va Antonina yoshligidan boshlab yakkakurashlar bilan katta bo'lishdi, bunga ularning onasi sababchi bo'lgan

"Barchasi onam bilan boshlangan. U yoshligidan raqs tushishni boshlgandi, onam doim yakkakurash sport turida jang qilishni istagandi. SHundan so'ng u taekvonado bilan shug'ullanishni boshladi. Hozirgi vaqtda unda to'rtta kamar bor, shuningdek uchinchi dan qora belbog' sohibi hisoblanadi. Onam bizni sportchi bo'lishimizni istadi”,-deb yoshligini esladi Antonina SHvechenko.

Elena SHevchenko tayboks sport turi bo'yicha xizmat ko'rsatgan murabbiy hisoblanadi. Elena SHevchenko onlayn tarzda tashkil etilgan jahon chempionatida ishtirok etdi va oltin medalni qo'lga kiritdi.

UFC 255 kechasida opa-singillar ajoyib tarzda harakat qilishdi. Antonina raqibasini nokaut qildi, Valentina esa raqibasini qiyinchiliksiz taslim etdi

2018 yilda ular UFC bilan shartnoma imzolagan ilk opa-singil jangchilarga aylanishdi. Ikki yildan so'ng esa bitta UFC kechasida ishtirok etishdi. UFC 255 kechasida Antonina singlisidan avvalroq oktagonga ko'tarildi. U Arina Lipskiga qarshi bahs olib bordi. U raqibasini ikkinchi raundda nokautga uchratdi. Jang davomida katta SHevchenko 128 ta zarba yo'lladi, zarbalarning 94 tasi manziliga etib bordi. SHuningdek, jang davomida u etti marta tekdaun amalga oshirdi. Kechaning anderkard jangida eng engil vazn toifasida UFC kamari sohibi bo'lgan Valentina Jennifer Mayaga qarshi bahs olib bordi. Jang besh raundga mo'ljallangandi va to'qnashuv to'liq davom etdi. Bahs davomida qirg'izistonlik chempion raqibasiga 249 ta aniq zarba berdi. U 25 daqiqa davomida katta ustunlikka erishdi va kamarini yana bir bor ishonchli himoya qilishga erishdi.

UFC kechaning eng yaxshilari uchun beriladigan bonuslarning biri SHevchenkolarning kattasi Antoninaga berildi

“Hafta biz uchun juda omadli bo'ldi. Sababi onam birinchi bo'lib jahon chempionatida oltin medalni qo'lga kiritdi. Bu esa bizga kuch berdi. Antonina mendan avval oktagonga ko'tarildi va ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. Uning jangi mukammal edi. U bitta ham xatoga yo'l qo'ymadi. Bizning ayollar haqiqiy kuch”-deb fikr bildirgan Valentina UFC 255 kechasidan so'ng bergan intervyusida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: