SportUz.Net
photo photo

Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi va ramziy terma jamoasi aniqlandi

16.04.2021 23:31    


Rasmni yuklab olish

«Arsenal» hujumkor yarim himoyachisi Bukayo Saka Yevropa Ligasi chorak final javob bahslari yakuni bo‘yicha haftaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Angliyalik futbolchi 15 aprel kuni «Slaviya»ga qarshi kechgan uchrashuvda (4:0) bitta gol urdi. Shuningdek, Saka ijrosidagi uzatmalarning 79 foizi aniq chiqdi.

Ushbu sovrin uchun yana quyidagi futbolchilar kurash olib borgandi:

Edin Jeko («Roma») — «Ayaks»ga qarshi bahsda (1:1) gol;
Xerar Moreno («Vilyarreal») — «Dinamo Zagreb»ga qarshi uchrashuvda (2:1) gol;
Aaron Uan-Bissaka («Manchester Yunayted») — «Granada»ga qarshi bellashuvda (2:0) 91% uzatmalar aniqligi.

Shuningdek, UYEFA Yevropa Ligasining hafta ramziy terma jamoasini ham e’lon qildi. Undan «Arsenal»ning besh nafar, «Manchester Yunayted»ning esa to‘rt nafar o‘yinchisi joy oldi.

Darvozabon: David de Xea («Manchester Yunayted»);

Himoyachilar: Aleks Telles, Aksel Tuanzebe, Aaron Uan-Bissaka (barchasi «Manchester Yunayted»), Kalum Chembers («Arsenal»);

Yarim himoyachilar: Bukayo Saka, Emil Smit Rou, Nikolya Pepe (barchasi «Arsenal»);

Hujumchilar: Aleksander Lyakazett («Arsenal»), Edin Jeko («Roma»), Xerar Moreno («Vilyarreal»).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: