SportUz.Net
photo photo

«Forbes» jahonning eng qimmat klublari reytingini e’lon qildi: «Barselona» ilk marta peshqadam

13.04.2021 10:31    


Rasmni yuklab olish

«Forbes» jurnali jahonning eng qimmat klublari reytingini e’lon qildi.

Ushbu reytingda "Barselona" klubi eng yuqori pog‘onani egalladi. AQSH nashri "ko‘k-anorranglilar"ni 4,76 mlrd dollarga baholadi.

«Real» esa 4,75 mlrd dollar narx bilan 2-pog‘onani band etgan bo‘lsa, «Bavariya» kuchli uchlikka kirdi — $4,215 mlrd.

Angliyaning 6 klubi top-10ga kirgan bo‘lsa, top-20dan APLning 9ta jamoasi o‘rin egalladi.

Ma’lumot o‘rnida. "Forbes"ning ushbu reytingida so‘nggi 16 yil davomida eng yuqori pog‘onani «Real» (5 marta) yoki «Manchester Yunayted» (11) klublari egallab kelishgan edi.

"Forbes" versiyasi bo‘yicha jahonning eng qimmat klublari (top-20):

1. «Barselona» — 4,76 mlrd dollar;
2. «Real» — $4,75 mlrd;
3. «Bavariya» — $4,215 mlrd;
4. «Manchester Yunayted» — $4,2 mlrd;
5. «Liverpul» — $4,1 mlrd;
6. «Manchester Siti» — $4 mlrd;
7. «Chelsi» — $3,2 mlrd;
8. «Arsenal» — $2,8 mlrd;
9. «PSJ» — $2,5 mlrd;
10. «Tottenxem» — $2,3 mlrd;
11. «Yuventus» — $1,95 mlrd;
12. «Borussiya Dortmund» — $1,9 mlrd;
13. «Atletiko» — $1 mlrd;
14. «Inter» — $743 mln;
15. «Everton» — $658 mln;
16. «Milan» — $559 mln;
17. «Roma» — $548 mln;
18. «Vest Xem» — $508 mln;
19. «Lester» — $455 mln;
20. «Ayaks» — $413 mln.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: