SportUz.Net
photo photo

Oskar De La Xoyya faoliyatini 13 yildan so'ng tiklaydi. U 90-yillarning eng yaxshi bokschilaridan biri va muvaffaqiyatli promouter!

12.04.2021 18:34    


Rasmni yuklab olish

Yozda ko'plab afsonaviy faxriylar jang qilishadi.

Oskar De La Xoyya 1990-2000 yillar boshidagi asosiy yulduz bokschilardan biri. U oltita yo'nalishda jahon chempioni bo'ldi, aqlbovar qilmaydigan miqdorda pul oldi va tarixdagi eng boy bokschiga aylandi.

Ushbu ko'rsatkich bo'yicha faqat Floyd Meyvezer undan ustun turishi mumkin. Bu ham bo'lsa, bir paytlar Oskar Floydga pulli janglarga eshikni ochib, u bilan jang qilish imkoniyatini bergani uchun.

De La Xoyya boksdan nafrat bilan voz kechganiga qaramay, 2008 yil dekabr oyida Menni Pakyaoga muddatidan oldin yutqazib qo'ygan hamda giyohvandlik va alkogol bilan bog'liq jiddiy muammolarga duch kelgan bo'lsada, u zamonaviy janglarni tashkillashtirib, davrimizning asosiy promouterlaridan biriga aylandi. Endi u yana qo'lqop kiyishga turtki topdi, ammo, 47 yoshli afsonadan g'ayrioddiy narsa kutmasligingiz kerak.


De La Xoyya ringga qaytishini Ben Askren va Jeyk Pol o'rtasidagi jang uchun o'tkazilgan matbuot anjumanida elon qildi. Bu juda ramziy manoga ega

Oskar pulga muhtoj odam emas. SHuni aytishimiz mumkinki, professional ringdagi birinchi jang uchun u 200 ming dollar gonorar olgandi. Bugungi kunda bu eng yaxshi bokschilar uchun munosib narx va 1992 yilda ko'plab chempionlar jang uchun bunday pulni orzu qilishardi.

Faoliyati davomida De La Xoyya 700 million dollardan ko'proq pul ishlagan, shuning uchun Oskar pul uchun hatto sog'lig'ini xavf ostiga qo'yadi deb o'ylash bemanilikdir.

Golden Boy Promotions kompaniyasi rahbari so'nggi besh yil ichida qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni doimiy ravishda qo'llab-quvvatlamoqda, ammo u o'tgan yilning avgustida boksdagi eng qattiq zarbaga ega bokschilardan biri Gennadiy Golovkinga qarshi kurashmoqchi ekanligini aytdi.

"Golovkin bilan jang qilish menga qanchalik oson bo'lishini bilasizmi? Voy Xudoyim. Bu, albatta, yuqori saviyadagi jang bo'ladi. Men har doim zarbalarni yaxshi ushlab qolganman va har doim Golovkin kabi bokschilar bilan muomala qilganman. Menimcha, bu oson g'alaba bo'ladi. Men, albatta, bunday jang variantini ko'rib chiqayapman", - dedi Oskar.

Golovkin bu bayonotga etarlicha tezkor munosabat bildirdi va hatto o'z muxlislarini De La Xoyyani shunday jasur taxmin uchun o'ldirishga tayyor ekanligi bilan hayratda qoldirdi:

"Siz Oskarni bilasiz, uning og'zi qanchalik iflosligini bilasiz. Gennadiy Golovkin bilan bog'liq barcha narsalar u uchun dahshatli tush. U har qanday gapni gapirishi mumkin, lekin menga shuni aytishga ijozat bering: agar ringda biron kishini qonuniy ravishda o'ldirish imkoniga ega bo'lganimda, undan foydalanar edim".


Oskar jurnalistlar uni noto'g'ri tushunganliklarini tan oldi:

"Yo'q, men hech qachon Golovkin bilan jang qilmoqchi ekanligimni aytmaganman. Men uning ajoyib jangchi ekanligini aytdim va men ham u bilan jang qilishga tayyor ekanligimni bildirdim, lekin faqat biror-bir odam bilan jang qilishga tayyor ekanligim sababli. Biroq men uni chindan ham hurmat qilaman. Juda ham. Menimcha, u ajoyib chempion. Ammo rostdan ham boksga qaytsam, birinchi o'rta vaznning etakchilaridan biriga qarshi jang qilaman. Ha, bu ko'rgazma emas, balki haqiqiy kurash bo'ladi".

Ammo hattoki, bu erda ham u o'ziga hech qanday foyda keltirmaydi, chunki divizion etakchisiga qarshi haqiqiy kurash sportda hech qanday maqomga ega emasligi aniq. Ammo u kabi keksa yoshdagi afsonaga ega ko'rgazma bahslari boshqa masala.

U sobiq UFC jangchisi Ben Askren va YouTuber Logan Pol o'rtasidagi boks jangiga bag'ishlangan matbuot anjumani paytida De La Xoyyaning jamoatchilikka qaytishini elon qilgani ramziy manoga ega. Tadbirda bo'lgan reper Snup Dogg afsonani ringda ko'rishni xohlaganini qanday aytgani nomalum. Oskar uni kutib turishiga yo'l qo'ymadi.

"3 iyul kuni men qaytib kelishni rejalashtiraman",- dedi De La Xoyya, shundan keyin u jasorat bilan mikrofonni tashladi.


Yozda biz ko'plab afsonaviy janglarni ko'ramiz. Xolifild bilan Taysondan, Kotto va Markesgacha

De La Xoyyaning qarori bokschilar va jamoatchilik o'rtasida tortishuvlarga sabab bo'ldi. Masalan, Roy Jons, faqat Mayk Taysonga qarshi ko'rgazmali jang o'tkazgandan so'ng, boshqasini o'tkazishga allaqachon rozi bo'lgan va UCF prezidenti Dana Uayt bo'layotgan voqealarni kulgili deb atagan.

Voqealar rivoji shuni ko'rsatmoqdaki, tobora ko'proq afsonalar ringga qaytmoqda.

Tayson va Jons allaqachon jang qilishgan, ehtimol Mayk Evander Xolifildga qarshi uchinchi jangini o'tkazishi mumkin.

Lennoks Lyuis va Ruslan Provodnikov yana boks qo'lqoplarini mixdan olib tashlash istagini bildirishdi, Vladimir Klichko ham shunga ishora qilmoqda. 12 iyun kuni Mayamida ringning yana ikki afsonasi - Migel Kotto va Xuan Manuel Markes o'rtasida ko'rgazma jangi bo'lib o'tadi.

19 iyun kuni Gvadalaxarada 58 yoshida Meksikaning asosiy boks ikonasi Xulio Sezar CHaves jang qiladi va bu erda pul eng muhim jihat emas. Masalan, Mayk Tayson Jons bilan jang uchun olgan 10 million dollarni xayriya ishiga sarflagan.

SHubhasiz, ularning har biri blogerlar va MMA jangchilari qanday arenalarda to'planishayotganini tomosha qilib, ko'plab eski maktab boks muxlislari o'z janglariga borishiga ishonishadi. Ammo ularning hammasi ham jamoatchilik uchun Mayk Tayson yoki aka-uka Pollar singari qiziq emas.

Aytgancha, De La Xoyya faoliyatini tugaganidan keyin allaqachon bitta shou-jang o'tkazishga ulgurgan. 2009 yil sentyabr oyida u "Shaq VS" teleko'rsatuvida NBA afsonasi, basketbolchi SHakil O'Nil bilan jang qilgan (ko'rsatuvda SHakil o'z sportlaridagi taniqlilar bilan bellashadi).

Basketbolchi antropometriyada juda katta ustunlikka ega edi, O'Nilning bo'yi raqibidan 37 sm baland, og'irligi esa 50 kg dan ko'proq. SHakil Menni Pakyao karerasini tugatgani uchun Oskarni mazax qilib, Menni SHakio nomi bilan ringga chiqdi. Intriga qo'shish uchun basketbolchining burchagida Pakyaoning murabbiyi Freddi Rouch bor edi. Bu yordam bermadi, Oskar yakdil qaror bilan g'olib bo'ldi.

Ammo hamma narsa epik ko'rinardi. Jangchilar haqqoniy kurashdilar, O'Nil Nikolay Valuevning takomillashtirilgan versiyasiga o'xshaydi va jang oxirida uni so'nggi hujum shu qadar ko'tarib yuborganki, u gongni eshitmadi. De La Xoyyaning murabbiyi Bernard Xopkins ringga sakrab chiqdi va SHakka sakrab, uni erga yiqitdi. Jang tomoshabinlarga ko'chdi, ko'pchilik shu kungacha bo'lib o'tmagan revansh jangini so'radi. Balki hozir buni amalga oshirishar?

Ehtimol, aynan shunday his-tuyg'ularni De La Xoyya sog'inib qolgan bo'lishi mumkin, 13 yil davomida u ringda va matbuot anjumanlarida bokschilar yonida promouter sifatida turishdan charchagan.

Sarvinoz Raxmonqulova tarjimasi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: