SportUz.Net
photo photo

Mbappeda ajoyib ko‘rsatkich

11.04.2021 00:00    


Rasmni yuklab olish

«Bavariya» darvozasini ikki bor ishg‘ol qilgan «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe 22 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida Chempionlar Ligasining eng yaxshi to‘purariga aylandi. Fransiyalik futbolchi barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha «Barselona» hujumchisi Lionel Messidan o‘zib ketdi.

«Bavariya» darvozasiga dubldan keyin Mbappening YECHLDagi gollari soni 27taga yetdi. U bu borada Grizmann, Suares, Rivaldo, Saloh va Giggz kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.

Mbappening YECHL pley-off bosqichlarida urgan gollari soni 13tani tashkil qilmoqda. Fransiyalik futbolchilar orasida undan ko‘p faqat Karim Benzema urgan - 19.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: