Dana Uaytning tashkiloti mashhurroq, ammo Skott Koker ham raqobatchisidan ortda qolmaslik uchun harakat qilyapti. UFC bilan kelisha olmagan yulduzlar uchun Bellator janglarga qatnashish va tayyorgarlik ko'rish imkoniyatini beradi.
Ikki tashkilot jangchilari o'rtasidagi bahsni muxlislar orzu qilishyapti, biroq ko'pchilik buni imkonsizligini aytmoqda. Muammo nafaqat translaciya va huquqiy jihatdan, balki UFC eng kuchli jangchilar kurash olib boradigan joy maqomini yo'qotishi bilan ham bog'liq bo'lishi mumkin.
Bellator RIZIN bilan birgalikda musobaqa o'tkazdi, ammo hamma UFC bilan turnir tashkil qilishni talab qildi
2019 yilda Bellator yaponiyalik RIZIN bilan shou namoyish qildi. Iyun oyida bo'lib o'tgan musobaqada RIZIN chempioni Kioji Xoriguchi Bellator kamari sohibi Darrion Kolduellni nokautga uchratib, nafaqat vazn toifasida, balki tashkilotda ham ikkita kamarga ega jangchiga aylandi.
MMA muxlislari diqqat bilan turnirni kuzatdi, ammo baribir boshqasini talab qildi. Bu haqida matbuot anjumanida Kokerga savol berishdi.
“UFC bilan birgalikda musobaqa? Bu ularning biznesiga mos emas, lekin ular buni istashsa, men tayyorman. Biz qarshi bo'lmaymiz. Ligamizda haqiqiy qotillar bor, shuning uchun turnirni tashkil qilaylik», - dedi Koker.
Haqiqatan, bunday chorlov Bellator'ga muxlislar etoborini ortishiga sabab bo'ldi. UFC ning bazi yulduzlari Uayt bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelisha olishmadi, Koker esa ularga yaxshiroq taklif berdi va natijada keyingi yillarda tashkilotning tarkibi ancha kuchaydi.
Oldin Skott yoshi katta yulduzlar bilan shartnoma imzolardi va bu bilan sport bo'yicha emas, balki ommaviy axborot vositalari orasida mashhurlikka erishgan edi. Endi vaziyat o'zgardi: hozir Bellator'ning har bir toifasida haqiqatan UFC bilan raqobatlashishga qodir jangchilar bor. Masalan, Maykl CHendler. U Bellator'ni chempion sifatida tark etmagan bo'lsada, UFC'dagi bitta nokautli g'alabadan keyin kamarga davogar sifatida malum qilingan. Bellator'da faoliyat olib boruvchi Maykl Peyj: “Bir nechta yirik tashkilotlarning mavjudligi, sport uchun yaxshiligini har doim aytganman. Bu o'sish va rivojlanishga yordam beradi. Hech qachon ularning bittasi haqida ham yomon gapirmaganman. Eng yaxshisi - do'stona raqobat. Bellator va UFC qo'shma musobaqalar o'tkazish uchun hamkorlik qilishi mumkin. Bu tashkil qilinsa, juda ajoyib bo'ladi. Jangchilar, muxlislar va umuman hamma g'alaba qilgan bo'lar edi», - dedi.
Ayollarning Bellator' P4P etakchisi Kris Sayborg UFC chempionligi uchun jangda Amanda Nunesga nokaut bilan mag'lub bo'lganligi sababli, unga qarshi revansh tashkil qilinishini orzu qiladi.
Sayborg: “ Hamma Nunes bilan revanshimizni ko'rishni istayotganini bilaman. Keling, bu jangni tashkil qilamiz. Oldin menda buni tashkil qilishning imkoni yo'q edi. Agar kelajakda Dana Uayt xohlasa, men bajaraman. Nima bo'lishini kutamiz va kuzatamiz. Takliflar uchun ochiqmiz. Bellator' prezidenti Skott Koker revansh tashkil qilishga tayyor. SHunchaki narigi taraf ham rozi bo'lishi kerak», - deb malum qilgan.
Uayt Bellator'ni UFC dan zo'r deb hisoblamaydi. Biroq hech qachon buni tekshirib ko'rishga rozi bo'lmaydi: ko'plab xavf mavjud
Dana Uayt Bellator'ning chaqiruvlariga odatda javob qaytarmaydi. Biroq u 2020 yil taslim bo'ldi. Jon Jons og'ir vazn toifasidan ketganda, Vadim Nemkov Bellator'da yarimog'ir vazn toifasi kamarini qo'lga kiritdi, shuningdek tashkilot uchta mashhur: Yoel Romero, Entoni Jonson, Kori Anderson kabi jangchilar bilan kelishuvga erishdi.
Bu tarkib Kokerga Bellator jahondagi eng kuchli deb nomlanishiga imkon berdi. Ko'plab mutaxassislar va jurnalistlar bu fikrni qo'llab-quvvatlashdi, biroq Uayt jim qarab tura olmadi:
«Biz yarimog'ir vazn toifasidagilarning barchasi bilan xayrlashdik. Eng yaxshi yarimog'ir toifasi divizioni ularda? Bu mening hayotim davomida eshitgan eng ahmoqona gap».
Bu Kokerga munozarani davom ettirishga imkon berdi.
“Hozirda shubhasiz, sayyoraning eng yaxshi yarimog'ir vazn toifasidagi divizionga egamiz. Fil Devis, Liota Machida, Vadim Nemkov kabi jangchilarimiz haqida o'ylab ko'ring. Endi Kori Anderson ham ularga qo'shildi, menimcha, Gegard Musasi ham shu safga qo'shiladi, chunki uning o'zi bu haqida menga aytdi. Ushbu jangchilar guruhi juda kuchli va mustahkam bo'linmaning asosini tashkil qiladi. Rayan Bayder, Fil Devis va boshqalar UFC dan haydalgani uchun emas, balki bo'sh agent sifatida kelishdi. Bu yolg'on. Ular imkoniyatlarini to'g'ri baholanishini xohlashdi va yaxshiroq taklif berganimiz uchun bizga qo'shilishdi. Bu yigitlar o'yin-kulgu uchun emas, mukofot uchun kurashmoqda. Ularning darajasi yuqori, nega yaxshi taklif bo'lsa, Bellator'ga o'tmasligi kerak? UFC dan chiqarib yuborilgan, degan gaplar yolg'on», - deydi Koker.
SHuningdek Skott o'rtaengil vazn toifasi bo'yicha ham Bellator zo'rligini, uning chempioni Patrisio Freyre UFC chempioni Aleks Volkanovskini engishini takidlab o'tgan. Aleks jangga rozi bo'lib, hattoki Uaytdan musobaqani tashkil qilishni ham so'radi, ammo UFC rahbari bu safar ham hech narsa demadi.
Musobaqaga bo'lgan qiziqish juda kuchliligini hamma biladi, biroq bu hech qachon sodir bo'lmaydi...
Bunga bir qancha sabablar bor. Birinchidan,
UFC ning translaciyasi huquqi ESPN, Bellator'niki esa Showtime'da. SHartnomani hech kim hech qachon buzmaydi, shuning uchun bu muammoni hal qilishning bir yo'li bor - qo'shma translaciyaga rozilik berish. Floyd Meyvezer va Menni Pakyao o'rtasidagi boks jangi faqat ikki telekanal o'zaro kelishgandan keyingina sodir bo'lgandi.
CHiptalardan va PPV dan daromad: necha foiz bo'lishi kerak? UFC eng yaxshi tashkilot sifatida bosim o'tkazadi va harakat qilishni istamaydi. Bellator juda xohlasada bu imkonsiz.
Ikkinchidan, tashkilot hamda telekanal muammolari bartaraf qilinsada, UFC ning asosiy muammosi - xatar.
Bellator hech narsa yo'qotmaydi: qo'shma musobaqa orqali yanada mashhur bo'lishi, chempionlar esa boshqalar o'ylaganidan ham kuchli ekanligini ko'rsatishlari mumkin. Bellator yulduzi mag'lub bo'lsa tanqid qilinmaydi, biroq UFC'da bu imkonsiz. UFC jangchilaridan faqat g'alabani kutadi, agar boshqacha bo'lsa, qanday qilib tashkilotni dunyodagi eng kuchli deyish mumkin?
Bunga nafaqat Uayt, balki UFC ning eng zo'r chempionlari ham rozi bo'lmaydi. Jon Jons hech qachon Nemkovga qarshi qafasga chiqib, hayotidagi eng katta tavakkalni qilmaydi. UFC kamari sohibi Konor bo'lsa, unga Bellator'da kimdir bilan jang qilishdan nima foyda?
Yaqin kelajakda UFC va Bellator bir-biriga qarshi musobaqa o'tkazishi imkonsiz. Dana Uayt bunday xatoga yo'l qo'ymaydi, chunki uning uchun keng auditoriyada «o'z bolalari»dan zo'ri yo'q.
Sports.ru sayti asosida Ozoda Qayumova tayyorladi
Ramazon Temirov UFC bonusini qo'lga kiritgan to'rtinchi o'zbekistonlik jangchi bo'ldi