O'z vaqtida Sergey Kovalyov o'zbek bokschisidan chuqur nokautga uchragandi.
Havaskor boksda ikki karra jahon chempioni, olimpiya o'yinlari sovrindori hisoblanadigan hamyurtimiz Abbos Atoev hamda Sergey Kovalyov 2008 yilning iyunida Moskva shahrida o'tkazilgan xalqaro turnir finalida o'zaro to'qnash kelishgan. O'sha jangda Atoev birinchi raunddayoq Kovalyovni nokaut holatiga tushiradi.
Keyinchalik Kovalyov intervyulardan birida aynan ushbu mag'lubiyatni faoliyatidagi eng og'ir nokaut sifatida takidlagan.
Biz 30 yanvar kuni Bektemir Meliqo'zievdan ham mana shunday nokautni kutib qolamiz.
Ramazon Temirov ishtirok etadigan UFC Abu-Dabi turnirining markaziy jangi elon qilindi