Yevropa chempionlar ligasining chorak final bosqichi doirasida kecha bo‘lib o‘tgan 2ta uchrashuvning eng yaxshi futbolchilari aniqlandi.
«Real Madrid» va «Liverpul» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda madridliklar yarim himoyachisi Vinisius Junior eng yaxshi futbolchi deb topildi. Braziliyalik futbolchi mazkur bahsda 2ta gol muallifiga aylandi.
«Manchester Siti» va «Borussiya Dortmund» klublari o‘rtasidagi to‘qnashuvda esa "shaharliklar" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne eng yaxshi o‘yinchi sovriniga sazovor bo‘ldi. Belgiyalik futbolchi kecha o‘tkazilgan bahsda jamoasining dastlabki goliga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu futbolchilar YECHLda haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlar safidan o‘rin olishadi.
Debyut chiqishida raqibini quvlab, nokautga uchratgan Ramazon Temirovning jangidan FOTOGALEREYA