SportUz.Net
photo photo

Xabibning tailandcha boks bilan shug'ullanadigan ukasi. U ajoyib jang qilib raqiblarini engadi, ertaga u Bellator'da debyutini o'tkazadi

02.04.2021 15:00    


Rasmni yuklab olish

Xabib - avlodning asosiy yulduzi !

Xabib yolg'iz emas. Abdulmanop murabbiylik faoliyati davomida AQSHni ham hayratga soladigan yosh jangchilarni tarbiya qilgan. Yanvarda UFC`da debyut jangi g'alabasini 25 yoshli Umar Nurmagamedov nishonlagan bo'lsa, aprelda esa Xabibning amakivachchasi 22 yoshli Usman ilk bora Bellator qafasiga ko'tariladi.

Usmon kikboksing bilan shug'ullanadi. U Xabib bilan birga mashq qiladi, biroq Usmon akasiga o'xshamaydi.

Usmanni Xabibdan keyingi asosiy qobiliyatli jangchi deyish mumkin. U oyoq bilan zarba berishni yoqtiradi va janglarini asosan muddatidan avval yakunlaydi.

Usmon Kizilyurtda tug'ilgan. Bolaligida erkin kurash bilan shug'ullandi. Vaqt o'tib murabbiylar o'zgardi, shu sababli mashg'ulotlarni to'xtatadi va sportga bo'lgan qiziqishi ham yo'qoldi. Katta akasi Umar tailandcha boks bilan shug'ullanishni boshlaganida, Umar uni kuzatishni boshlaydi. Unga jang qilish yoqardi va maktabni tugatganidan keyin Maxachqalaga - amakisi Abdulmanopning yoniga keladi. 

Usmon yangi murabbiyi bilan birgalikda erkin kurash hamda grepling bilan shug'ullanib, MMA bo'yicha o'smirlar o'rtasida jahon chempioni bo'ldi. U engil vazn toifasidagi bahslarda qatnashdi. Uning bo'yi baland, uzun oyoqlari esa jangda ustunlik berardi. Usman raqibini nazoratga olishdan tortib, to tizza va tirsak bilan zarba beradigan o'ziga xos uslublarga ega. 

Murabbiyining undan umidi katta, Xabibning menejeri Ali Abdel-Aziz esa uni mijozining yaxshilangan "versiyasi" sifatida hisoblaydi:

“ Usmon - haqiqiy qotil. Odamlar uni kuzatadi. Unda hamma narsa bor: zarba berish texnikasi, greppling, jiu-jitsu, u tirsagi bilan berilgan zarba orqali raqibini nokaut qilishni uddalaydi. U shunchaki ajoyib: Xabib, Jon Jons va Israel Adesanyaning birlashuvidan iborat". 

Usmonning ko'rastkichi - 11-0, 7 g'alabasini nokaut orqali qo'lga kiritgan. Uning oxirgi jangi 2020 yil sentyabrda Svyataslav SHabanovga qarshi bo'lgan edi. 

U raqibiga qaraganda tezroq harakat qildi va ikkinchi raundda bir qancha zarbalardan so'ng SHabanov oqsoqlanib qoldi. Usmon raqibini oyog'ining og'rig'idan yalinishigacha olib keldi. 

- Jangni to'xtating, - deya bir nechta shiddatli zarbalardan keyin SHabanov hakamga murojat qildi.

- Taslim bo'ldingmi? - xotirjamgina so'radi Usmon. 

- Ha.

Jangdan so'ng Nurmagamedov:

“Men dunyoning eng yaxshi guruhida shug'ullanaman. Qanday tuyg'ular bo'lishi mumkin? Hali eyforiya yo'q, unga deyarli etib boryapman. Menga shuncha kamera go'yo kalashnikov avtomatidek qarab turibdi", deya aytgandi. 

Usmonning zo'rlar bilan mashg'ulot olib borayotgani rost. U hattoki yarimog'ir vazn toifasi bo'yicha UFC chempioni Kamaru Usman bilan birga bitta sport zalida mashg'ulot ham qilgan. 

Bellator - Usmon uchun imkoniyat. Uning familiyasi mashhurligi sabab ashkilotning ham undan umidi katta. 

Xabib amakivachchasining janglarida qatnashadi va juda havotirlanadi. Uning so'zlariga qaraganda, Usmonga raqib topish qiyin, shuning uchun "Bellator"ga o'tish - baxt. Tashkilot rahbari Skott Koker yosh jangchidan umidvorligini malum qilgan.

Koker «Usmon Nurmagamedov bilan shartnoma imzolash orqali biz "Bellator" dunyoning eng yaxshi jangchilarga uy va MMA ning bo'lajak yulduzlari jang qilish uchun tashrif buyuradigan tashkilot ekanligini aniq isbotlaymiz. Usmonning tashkilotga qo'shilganidan juda xursandman, u darhol o'z mahoratini namoyish etish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Mashhur akasi kabi u ham engil vazn toifasida jang qiladi. Usmon Kaliforniyadagi Amerika Kikboksing Akademiyasida Xabib bilan shug'ullanyapti, shuningdek u Dog'istonda marhum Abdulmanop Nurmagamedovdan ham bilim olgan», - deb yozib qoldirgan o'zining Instagram sahifasida Koker. 

Usmonning ilk raqibi 28 yoshli amerikalik Mayk Xemel bo'ladi. Jangchi so'ngi to'rt yil davomida 6 ta jangning 4 tasida mag'lubiyatga uchragan va endi Nurmagamedovning chekiga tushgan. Xabib o'zining Instagram sahifasida amakivachchasini qo'llab quvvatlagan: 

«Biz unga ishonamiz va undan g'alaba kutamiz. Usmon, gazni bos, to'xtama. Amerikani zabt etish vaqti keldi».

Usmon faoliyatini endi boshlagan bo'lishiga qaramasdan, ko'plab muxlislarga ega. Ammo, u shon-shuhratga berilmaydi, doim Abdulmanopning asosiy maslahatini esda saqlaydi. 

«Amakim har doim kamtar bo'lishni, qafasdan g'alaba bilan chiqqanda ham yulduzlikka chalinmaslikni aytardi. Jangdan keyin ko'plab his-tuyg'ular bo'ladi, biroq shu gaplarni eslayman va tinchlanaman. Butun umr amakimdan minatdorman», - deydi Usmon. 

Usmon o'tgan yilning noyabrida - 22 yoshida uylandi. Bu jangchiga qo'shimcha masuliyat yuklaydi: 2 aprel kuni "Bellator 255"da uni faqatgina g'alaba qoniqtiradi. 

Sports.ru asosida Ozoda Qayumova tayyorladi 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: