"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Real Sosyedad"ga qarshi o‘yinda ishtirok etib, ikkita gol muallifiga aylandi.
Argentinalik futbolchining Ispaniya chempionati doirasidagi o‘yinlari soni 511taga yetdi. Bu esa La liga tarixidagi yettinchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
33 yoshli futbolchi "Real"ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyasni ortda qoldirdi (510).
Messidan oldinda quyidagilar borishmoqda:
Manuel Sanchis — 523;
Fransisko Buyo — 542;
Eusebio Sakristan — 543;
Raul Gonsales Blanko — 550;
Xoakin Sanches — 572;
Andoni Subisarreta — 622.
UFC 315 turnirining bonus sohiblari malum, chempionlik jangi eng yaxshisi deb topildi