SportUz.Net
photo photo

Keyn «gol+pas» bo‘yicha Yevropaning top-5 chempionatlarida 2-pog‘onada

22.03.2021 09:31    


Rasmni yuklab olish

«Tottenxem» hujumchisi Xarri Keyn Angliya chempionatining 18-turidan o‘rin olgan «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda (2:0) penaltidan gol urdi.

Ushbu gol angliyalik forvard uchun APLning joriy mavsumidagi 17-gol bo‘ldi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha u «Liverpul» hujumchisi MUhammad Saloh bilan birgalikda peshqadam bo‘lib turibdi.

Bundan tashqari, Xarri APLning ushbu mavsumida 13ta golga assistentlik qildi. Natijada futbolchining «gol+pas» tizimi bo‘yicha ochkolari 30taga yetdi. Bu APLning eng yaxshi natijasi hisoblanadi.

Yevropaning top-5 chempionatlarida mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha «Bavariya» forvardi Robert Levandovski yetakchi hisoblanadi — 41 (35+6). Xarri Keyn esa ikkinchi pog‘onada.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: