Italiya futbolchilar assosiasiyasi A seriyaning mavsum-2019/20dagi eng yaxshi futbolchisi, murabbiyi va jamoasini aniqladi.
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘tgan mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Eng yaxshi murabbiy sovrini esa "Atalanta" ustozi Jan Pyero Gasperiniga nasib etgan bo‘lsa, "Atalanta"ning o‘zi eng yaxshi jamoa deb topildi.
A seriya ramziy jamoasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi:
Darvozabon: Janluidji Donnarumma;
Himoyachilar: Robin Gozens, Stefan de Vrey, Leonardo Bonuchchi, Teo Ernandes;
Yarim himoyachilar: Nikolo Barella, Papu Gomes, Luis Alberto;
Hujumchilar: Paulo Dibala, Chiro Immobile, Krishtianu Ronaldu.