SportUz.Net
photo photo

Dana Uayt hammaga qarshi! UFC prezidenti Amerika haqiqatini qanday o'zgartirmoqda?

19.03.2021 20:34    


Rasmni yuklab olish

Uayt ajoyib tashabbuslarni tatbiq qildi. Faqat Xabibni oktagonga qaytarish qolgandi.

UFC prezidenti Dana Uayt qiziqarli va qaysidir jihatdan hayratlanarli yangiliklarni amalga oshiryapti. Liga rahbari aprelda bo'ladigan UFC 261 turnirini pandemiyadan beri birinchi marta ko'plab muxlislar bilan o'tkazilishini malum qildi. SHuningdek, bu bahs Vegasda ham, Abu-Dabidagi «Janglar oroli»da ham emas, balki oxirgi yillardagidek Floridadagi Jeksonvillda tashkil qilinadi.

Dana Uaytni sport dunyosida eng yaxshi tashkilotchilardan biri deb aytish mumkin. U ko'plab qiyinchiliklarga qaramasdan UFC'ni umuman yangi darajaga ko'tardi va hayratlanarli ishlarni bajardi. Bular aralash jang sanati dunyosini o'zgartirishga asos bo'ldi.

Dopingga qarshi kurash

Uayt MMAda jangchilar orasida taqiqlangan moddaga qarshi rosmana kurash olib bordi. UFC sportchilarni tekshirishni boshladi va doping qabul qilganlarni jazoladi. Bulardan birinchisi og'ir vazn toifasidagi sobiq chempion Josh Barnett bo'ldi: 2001 yilda uni qattiq ogohlantirishga qaramasdan, bir yildan so'ng unda yana taqiqlangan modda aniqlandi. Bu safar Josh kamaridan mahrum qilindi va 6 oyga musobaqalardan chetlashtirildi. SHundan beri UFCda test olish odatiy holga aylandi.

Keyinchalik doping tekshiruvi boshqa tashkilotlarda ham boshlandi. Ammo UFC'da bu qattiq nazorat qilinadi. Bu bilan AQSHdagi USADA agentligi shug'ullanadi. Jangchilar yil davomida oldindan doimiy tekshirilib boriladi.

The Ultimate Fighter'ning tashkil topishi

Dana Uayt UFC'ni mashhur qilishga muvaffaq bo'ldi va buni davom ettirdi, ammo musobaqalardan tushadigan daromad tashkilotning zararlarini qoplay olmadi. SHundan so'ng u UFC'da jangchilar shartnoma asosida jang qilish imkoniyatini beruvchi The Ultimate Fighter shousini tashkil qildi. Dana qiyinchiliklarga qaramasdan, bu loyihani televideniyaga olib chiqdi.

SHou mashhur bo'lib, UFC'ni yangi darajaga ko'tardi. Uaytning so'zlariga ko'ra, og'ir vazn toifasida Forrest Griffin va Stefan Bonnar o'rtasida 2005 yilda bo'lgan jang yaxshi daromad keltirgan va liganing moliyaviy muammolarini hal qilgan. Musobaqalarni namoyish qiluvchi Spike TV telekanali va TUF UFC bilan hamkorligini uzaytirishga muvaffaq bo'lgan.

Boks janglarida UFC jangchilarining ishtirok etishi

Liga rahbari UFC'da bokschilarning qatnashishiga va o'zining jangchilariga boks musobaqalariga ishtirok etishiga imkon berdi. Bulardan birinchisi Rendi Kutyur va boksning uchta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Jeyms Tonining UFC 118 kechasida bo'lgan janggi edi. Ikkinchisi esa Dana tomonida tashkillashtirilgan, 2017 yilgi Konor Makgregor va Floyd Meyvezer o'rtasidagi bahs edi.

SHuningdek Dana o'zining boks tashkilotini ochishni rejalashtirgan. U bir-biriga mos eng zo'r bokschilarning jang qilmasligini yoqlamaydi. Hattoki, Uaytning MMAda 20 yil ichida qilgan ishlarini boksda hech kim amalga oshira olmaydi. Buni mutaxassislar, shuningdek, boks bo'yicha murabbiy Teddi Atlas ham «UFC qaror qabul qiladigan diktator borligi uchun rivojlanyapti. Dana Uaytni olib kelib, boksni ham UFC'dek qiling»,-deb aytgan.

Pandemiya davrida ham musobaqalar tashkil etildi va «Janglar oroli» ochildi

2020 yil martda dunyoni koronavirus qamrab oldi. Bu paytda AQSHdagi ahvol boshqa joylarga nisbatan yomon edi. Ammo Dana Uayt UFC bu holatga moslashishini va musobaqalarni bekor qilmasligini malum qiladi. Liga o'zining chiqishlarini Vegasda muxlislarsiz o'tkazishni boshladi. Biroq bu erda ham karantin qoidalari jiddiylashishni boshlaganidan keyin, janglarni tashkil etish uchun boshqa echim topishga to'g'ri keldi.

SHunda Uayt bahslarni o'tkazish uchun orol qurishini malum qildi. Uning bu rejasini ko'pchilik telbalik deb aytdi. Ammo ularga Dana iyulda UFC'ning birinchi musobaqasini Abu-Dabidagi Yas orolida tashkil qilgan holda javob qaytardi. Bu g'oya MMA muxlislarini hayratlantirdi hamda jangchilar ham “ Janglar oroli»da bo'ladigan musobaqalarda qatnashishning o'ziga xos jihatlari haqida o'ylay boshladi.

Jangchilarning marixuana qabul qilganligi uchun jazolarning bekor qilinishi

UFC 2021 yil boshida marixuana uchun qabul qilinganligi sababli musobaqadan chetlashtirishni bekor qildi. Qaror Dana Uayt va AQSHning taqiqlangan moddaga qarshi tashkiloti bilan birga qabul qilindi. Tashkilot sportchida aniqlangan moddaning qoldiqlari uning jang qilishi uchun hech qanday yordam bermasligini takidlagan. Biroq, sportchi jang oldidan marixuanadan foydalangan bo'lsa, u oktagonga kiritilmaydi.

UFC vice-prezidenti Jeff Novitskining aytishicha, ko'pchilik bu «o't»dan sportdagi natijalarini yaxshilash uchun emas, balki og'riq qoldiruvchi va tinchlantiruvchi dorilar o'rnida foydalanadi. Agar jangchi natijasini yaxshilash uchun foydalansa, jazolanadi.

Sports.ru asosida Ozoda Qayumova tayyorladi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: