Yevropa chempionlar ligasining 1/8 final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan «Manchester Siti» va Myonxengladbaxning «Borussiya» klubi o‘rtasidagi javob bahsida "shaharliklar" 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Gvardiola jamoasi musobaqaning joriy mavsumida 8ta o‘yin o‘tkazib, ularda atigi bitta to‘p o‘tkazdi. Bu YECHLning dastlabki 8ta o‘yinidan keyin to‘p o‘tkazish borasida eng yaxshi natija hisoblanadi.
Bu orqali «Manchester Siti» mavsum-1995/96da «Ayaks» tomonidan o‘rnatilgan natijani takrorladi. O‘shanda amsterdamliklar ham Chempionlar ligasining dastlabki 8ta uchrashuvida atigi bitta gol o‘tkazishgan edi.
Amirxon Alixo'jaevning braziliyalik raqibiga qarshi jangi bir raund ham davom etmadi
SHohasan Mirzamatov qirg'izistonlik sportchi bilan jang qildi va boshqacha nokaut qayd etdi