SportUz.Net
iks
ads

«Liverpul» bir transfer oynasida sarflangan mablag‘ bo‘yicha futbol rekordi o‘rnatdi

02.09.2025 06:36    


Rasmni yuklab olish

Angliyaning «Liverpul» klubi yangi futbolchilarni xarid qilish uchun bir transfer oynasida sarflangan mablag‘ bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Bu haqda statistik portal Transfermarkt ma’lumotlariga asoslanib xabar berildi.

Manbaga ko‘ra, «Liverpul» yozgi transferlar uchun 483 mln yevro sarfladi. Shu tariqa, mersisaydliklar bu boradagi oldingi natijani yangilashdi. Ilgari bu rekord «Chelsi»ga tegishli bo‘lib, ular 2023 yil yozida yangi futbolchilar uchun 464 mln yevro to‘lashgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yozda «Liverpul» rekord darajada qimmat transferlarni amalga oshirdi: «Bayer»dan yarim himoyachi Florian Virs uchun 125 mln yevro va «Nyukasl Yunayted»dan shved hujumchisi Aleksander Isak uchun 144 mln yevro sarfladi.

Shuningdek, ular hujumchi Ugo Ekitikenining transferini 95 mln yevro evaziga olishdi. Himoya chizig‘iga ham qator xaridlar amalga oshirildi: Milosh Kerkez (46,9 mln yevro), Jeremi Frimpong (40 mln yevro ), Jovanni Leoni (31 mln yevro), Armin Pechi (1,78 mln yevro).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: