Hujumchi Ugo Ekitike so‘nggi 50 yil ichida «Liverpul» safidagi ilk uchta uchrashuvida ham gol kirita olgan ikkinchi futbolchi bo‘ldi. Fransiyalik futbolchi Angliya Premyer-ligasi 2-turidan o‘rin olgan «Nyukasl» (3:2) uchrashuvida 46-daqiqada gol urdi.
23 yoshli Ekitike bundan avval Angliya Superkubogi doirasida «Kristal Pelas»ga qarshi (2:2, penaltilarda 2:3) va Premyer-liga 1-turida «Bornmut»ga qarshi (4:2) uchrashuvlarda ham gol kiritgan edi. Unga qadar «Liverpul» safida ilk uchta o‘yinda ham gol urgan oxirgi futbolchi ingliz hujumchisi Deniyel Starrij bo‘lgan.
Ekitike yozgi transfer oynasida «Ayntraxt»dan «Liverpul»ga o‘tdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuv qiymati 95 million yevroni tashkil etgan.
«Liverpul» «Nyukasl»ga qarshi o‘yinda raqib vingeri Entoni Gordon 45+3-daqiqada maydondan chiqarib yuborilgandan keyin ko‘pchilikda o‘ynasa-da, ikki gollik ustunlikni boy berdi. Biroq qo‘shimcha vaqtda g‘alabaga erishdi: 90+10-daqiqada 16 yoshli hujumchi Rio Ngumoxa hal qiluvchi golni kiritdi.
To'rabek Xabibullaev JCH chorak finaliga yo'l oldi, navbatdagi raqib Qozog'istondan bo'ladi