SportUz.Net
photo photo

Grizmann «Barselona» tarixida fransiyalik to‘purarlar ro‘yxatida 2-o‘ringa chiqdi

06.02.2021 14:17    


Rasmni yuklab olish

Antuan Grizmann «Barselona» tarixida fransiyalik to‘purarlar ro‘yxatida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu haqda "ko‘k-anorranglilar" rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Grizmann Ispaniya kubogi chorak final bosqichi doirasida «Granada» darvozasiga 2ta gol urib, "Barsa" safidagi gollari sonini 27taga yetkazib oldi. Fransiyalik futbolchi kataloniyalik futbolkasida 77ta o‘yinda maydonga tushgan.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha u Lyudovik Jyulini ortda qoldirdi. Mazkur yarim himoyachi "Barselona" tarkibida 124ta bahsda 26ta gol urgan.

Grizmann bu borada yetakchi bo‘lib turgan Tyerri Anri (49 gol)ga yetib olish imkoniyatiga ega.

Darvoqe, Usmon Dembele rekordni yangilash uchun da’vogarlar biri hisoblanadi. U hozirda 24ta gol bilan 4-o‘rinni egallab turibdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: