SportUz.Net

Ronaldu, Messi, Bekxem va Neymar tarixdagi eng ko‘p daromad topgan 50 sportchi ro‘yxatiga kirdi

22.04.2025 23:24    


Rasmni yuklab olish

Krishtianu Ronaldu tarixdagi eng ko‘p daromad olgan futbolchi deb e’tirof etildi.

"Sportico" portali 2024 yil oxiri holatiga ko‘ra inflyasiyani hisobga olgan holda eng yuqori daromad olgan 50 ta sportchi reytingini tuzdi. Ro‘yxatga 16 ta mamlakatdan 8 xil sport turi vakillari kiritilgan. Reytingda birinchi o‘rinni basketbolchi Maykl Jordan egalladi — u faoliyati davomida topgan daromadi 4,15 milliard dollarga teng deya baholandi.

Tarixdagi eng yuqori maoshli futbolchi sifatida Krishtianu Ronaldu tan olindi — u umumiy ro‘yxatda 3-o‘rinni egalladi. Uning inflyasiyani hisobga olgan holdagi daromadi 2,23 milliard dollarni tashkil etdi.

Ro‘yxatga jami 4 nafar futbolchi kirgan:

1 (3). Krishtianu Ronaldu — 2,23 milliard dollar;  
2 (5). Lionel Messi — 1,85 milliard;  
3 (8). Devid Bekxem — 1,61 milliard;  
4 (14). Neymar — 1,17 milliard.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: