SportUz.Net

Yamal – 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchi (ESPN talqiniga ko‘ra)

03.04.2025 23:36    


Rasmni yuklab olish

Lamin Yamal ESPN talqiniga ko‘ra dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb tan olindi.

Nashr 21 yoshgacha bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 39 futbolchidan iborat reytingni tuzdi. Asosiy baholash mezonlari futbolchilarning eng yuqori saviyadagi o‘yinlari, barqaror faoliyati va rivojlanish salohiyati bo‘ldi.

Reyting muallifi Yevropaning yetakchi klublaridagi professional skautlar va sport direktorlari bilan maslahatlashdi. Shuningdek, onlayn skautlik platformalarida ishlovchi mutaxassislar ham ishtirok etdi. Bundan tashqari, shaxsiy qarashlar ham hisobga olingan.

Top-10 futbolchi quyidagicha:  

1. Lamin Yamal («Barselona»)
2. Florian Virts («Bayer»)
3. Jud Bellingem («Real»)
4. Pau Kubarsi («Barselona»)
5. Joau Nevesh («PSJ»)
6. Uorren Zair-Emeri («PSJ»)
7. Xavi Simons («RB Leypsig»)
8. Gavi («Barselona»)
9. Aleksandar Pavlovich («Bavariya»)
10. Savio Moreyra («Manchester Siti»)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: