Jahon chempionati saralash uchrashuvlari 8-turi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Eronga qarshi bahs olib bordi. Unda Temur Kapadze shogirdlari 2:2 hisobida durang o‘ynadi va o‘z hisobiga 1 ochko yozdirib qo‘ydi.
Ushbu uchrashuvdan keyin O‘zbekiston FIFA reytingi uchun 4,78 ballni qo‘lga kiritdi va o‘z hisobidagi ochkolar sonini 1436,78 taga yetkazib oldi. Hozircha jamoa onlayn FIFA reytingida 1 pog‘ona yuqorilab, 57-o‘ringa joylashdi. Aprel oyi reytingida O‘zbekiston qaysi o‘rinlarda bo‘lishi barcha qit’alardagi xalqaro uchrashuvlar yakunlangach aniq bo‘ladi.
Mart oyidagi yig‘inda Osiyo terma jamoalari orasida Iroq 29,47 ochko yo‘qotib, 56-o‘rindan 59-pog‘onaga tushib ketdi. O‘zbekiston esa ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 11,86 ball to‘pladi va qit’adagi eng kuchli 6 jamoa qatoriga kirib oldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Jahon chempionati saralashidagi navbatdagi o‘yinni 5 iyun kuni safarda BAAga qarshi o‘tkazadi.
Kelayotgan yakshanba tongida o'tkaziladigan UFC Fight Night turnirining to'liq kardi bilan tanishing
Yirik turnir bo'lishi kutilayotgan UFC 320'ni qabul qiladigan mamlakat nomi aytildi