Madridning «Real» klubi 2024/2025 mavsumi UYEFA Chempionlar Ligasi chorak finaliga chiqdi. Jamoa nimchorak final bosqichida «Atletiko»ga qarshi javob o‘yinida penaltilar seriyasi orqali g‘alaba qozondi (0:1, 4:2 pen.).
Shu tariqa, «Qirollik klubi» yevroturnir tarixida penaltilar seriyasida eng ko‘p g‘alaba qozongan jamoa sifatida rekord o‘rnatdi. Bu haqda Squawka statistika portali xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Real» tarixda to‘rt marta penaltilar seriyasida g‘alaba qozongan yagona jamoa hisoblanadi. Chempionlar Ligasi va Yevropa Chempionlar Kubogi tarixida bunday natijani qayd etgan boshqa klub yo‘q.
Chempionlar Ligasining chorak finalida «Real» «Arsenal» bilan to‘qnash keladi. Birinchi o‘yin 8 aprel kuni Londonda, javob bahsi esa 16 aprel kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.
"Men Top-5`da Dvalishvili bilan jang qilmagan yagonaman" - Sendxagen kamar uchun jang qilmoqchi
Ankalaev Proxazka bilan jang qilmaydi, Pereyra bilan revansh bo'yicha muzokara ketmoqda