Bugun «Barselona» Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvida «Benfika»ga qarshi bahs olib bormoqda. Kataloniyaliklar vingeri Rafinya birinchi bo‘limning o‘zida dubl qayd etdi.
Shu tariqa, u Chempionlar ligasi joriy mavsumidagi gollari sonini 11 taga yetkazdi.
«Barsa» tarixida hech bir braziliyalik futbolchi YECHLning bir mavsumida bunchalik ko‘p gol urmagan edi.
Rafinya Rivaldo va Neymarning natijalarini ortda qoldirdi:
- 10 – Rivaldo, mavsum-1999/2000
- 10 – Neymar, mavsum-2014/15
- 11 – Rafinya, mavsum-2024/25
Iliya Topuriya: "Hammasi menga bog'liq bo'lganida, 13 iyul kuniyoq Maxachev bilan jang qilardim"