Muxlislar tomonidan Muhammad Saloh Premyer-liganing oyning eng yaxshi o‘yinchisi deb e’tirof etildi.
«Liverpul» hujumchisi fevral oyida APL doirasida olti o‘yin o‘tkazdi. Ushbu o‘yinlarda u oltita gol urdi va to‘rtta golli uzatma amalga oshirdi.
Saloh oyning eng yaxshi o‘yinchisi unvoni uchun o‘tkazilgan so‘rovnomada Beto, Mateus Kunya, Jan-Filip Mateta, Yankubu Minte va Jed Spensdan ustun keldi.
Hozirda misrlik futbolchi liganing eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatini boshqarmoqda, u joriy mavsumda 27 ta gol urgan. Shuningdek, u eng ko‘p golli uzatma bergan futbolchi hisoblanadi – 17 ta.
Ien Garri: "Agar Maxachev yarim o'rta vaznda titul jangini xohlasa, qolganlar kutib turishadi"