SportUz.Net
photo photo

La liga. Ramos g‘alabalar soni bo‘yicha 2-o‘ringa ko‘tarildi

14.03.2021 07:31    


Rasmni yuklab olish

"Real" sardori Serxio Ramos Ispaniya chempionatining 27-turidan o‘rin olgan "Elche"ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi. Mazkur o‘yinda madridliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Mazkur muvaffaqiyat 34 yoshli futbolchi uchun La liga doirasida 334-g‘alaba bo‘ldi. Ramos ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha "Qirollik klubi"ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyasga yetib oldi. Serxio g‘alabalarning 315tasini "Real" safida, 19tasini esa "Sevilya" futbolkasida qo‘lga kiritgan.

Bu borada rekord "Barselona" sardori Lionel Messiga tegishli bo‘lib, u Ispaniya chempionatida 377 marta raqiblaridan ustun kelgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: