Ushbu aksessuarning to'liq nomi - Big Bang Unico Novak Djokovic bo'lib, soatning taxminiy narxi 55 000 evroga baholanmoqda. Ushbu soat modelini ishlab chiqarishda 25 ta HEAD raketkalari, 15 ta Lacoste polo futbolkalaridan foydalanilgan.
Novak Jokovich 2023 yilgi mavsumda aynan ushbu raketka va liboslarda o'ynagan. O'sha yili serbiyalik tennis afsonasi 4 ta "Katta Dubulg'a" turnirining 3 tasida chempion bo'lgan edi.