SportUz.Net
photo photo

APLda fevral oyining eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan Ilkay Gundo‘g‘an liga tarixiga kirdi

12.03.2021 19:00    


Rasmni yuklab olish

«Manchester Siti» hujumkor yarim himoyachisi Ilkay Gundo‘g‘an Angliya Premyer Ligasining fevral oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Germaniyalik futbolchi fevral oyida 5 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.

Ilkay yanvar oyida ham ushbu sovringa loyiq ko‘rilgandi. Gundo‘g‘an ketma-ket ikki bor APLda «oy o‘yinchisi» bo‘lgan «Manchester Siti» tarixidagi ilk futbolchiga aylandi. Shuningdek, u bu sovringa bir martadan ko‘proq erishgan birinchi nemis futbolchisi bo‘ldi.

Ushbu sovrin uchun shuningdek, quyidagi futbolchilar kurash olib borgandi:

Yoakim Andersen («Fulhem») — 6 ta uchrashuvda 1 ta assist va 4 quruq o‘yin;

Harvi Barns («Lester») — 5 ta o‘yinda 2 ta gol va bitta assist;

Joau Kanselu («Manchester Siti») — 5 uchrashuv, 2 ta quruq o‘yin;

Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted») — 5 ta bahsda 4 ta gol va 3 ta assist;

Jessi Lingard («Vest Hem») — 5 ta uchrashuvda 3 ta gol va bitta assist;

Ruben Nevesh («Vulverhempton») — 5 o‘yinda 3 ta gol va bitta assist;

Rafinya («Lids») — 6 bahsda 2 ta gol va bitta golli uzatma.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: