SportUz.Net
logo

photo photo

Mbappe Messining rekordini yangiladi

11.03.2021 09:30    


Rasmni yuklab olish

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi bo‘lib o‘tgan «Barselona»ga qarshi bitta gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa, fransiyalik futbolchining YECHLdagi gollari soni 25taga yetdi. U mazkur natijaga 22 yoshu 80 kunlikda erishdi. Bu natija orqali Mbappe Chempionlar ligasida 25ta gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.


"Opta Sports" tarqatgan xabarga ko‘ra, Kilian Lionel Messiga tegishli rekordni yangiladi. Argentinalik futbolchi ushbu marrani zabt etganida 22 yoshu 286 kunlik edi. YECHLda 25ta gol urgan eng yosh futbolchilar ro‘yxatiga quyidagi futbolchilar ham kirishgan: Raul — 23 yoshu 252 kunlik, Karim Benzema — 24 yoshu 99 kunlik va Tyerri Anri — 25 yoshu 102 kunlik.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: