SportUz.Net
photo photo

YECHL. Haftaning eng yaxshi futbolchisi sovriniga da’vogarlar e’lon qilindi

11.03.2021 08:30    


Rasmni yuklab olish

Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak final javob o‘yini doirasida ushbu haftada 4ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahslar yakuni bo‘yicha UYEFA haftaning eng yaxshi o‘yinchisi sovriniga da’vogarlar nomini e’lon qildi.

Erling Xoland ("Borussiya Dortmund" hujumchisi) — "Sevilya"ga qarshi o‘yinda (2:2) 2ta gol muallifiga aylandi.

Serxio Oliveyra ("Portu" yarim himoyachisi) — "Yuventus"ga qarshi bahsda 2ta urdi. Shuningdek, futbolchi uzatmalari 81 foizi aniq bo‘ldi.

Fabinyo ("Liverpul" yarim himoyachisi) — "Leypsig"ga qarshi uchrashuvda bergan uzatmalarining 79 foizi aniq bo‘ldi.

Keylor Navas ("PSJ" darvozaboni) — "Barselona"ga qarshi o‘yinda 9ta seyv namoyish qildi. Jumladan, Messi tomonidan penaltidan yo‘llangan zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: