SportUz.Net
photo photo

Yirik musobaqalarning hal qiluvchi o‘yinlarining eng yaxshi to‘purarlari

19.10.2024 00:00    


Rasmni yuklab olish

Futbolchi borki, CHL yoki JCH kabi katta turnirlar finalida g‘alaba goliga mualliflik qilish orzusi bilan yashaydi. Xo‘sh, 21-asrda top-turnirlarning hal qiluvchi o‘yinlarida eng ko‘p gol urgan futbolchilar ro‘yxatida kimlar bor?

4-7-o‘rinlar. Robert Levandovski - 8ta gol. Polshalik goleadorga o‘z milliy jamoasi bilan Yevropa yoki jahon chempionatining asosiy o‘yi­niga chiqish nasib etganicha yo‘q, lekin u klub miqyosidagi katta finallarda ko‘p marta hal qiluvchi rolda ko‘rinish berdi. Xullas, Levagol 8ta alohida goli bilan «Borussiya» D. va «Bavariya»ning sov­rinlar yutishiga yordam berdi. To‘g‘ri, Robert hozircha «Barselona»da bunday muvaffaqiyatga erishgani yo‘q. 

4-7 o‘rinlar. Samuel Eto'O - 8ta gol. Kamerun futboli faxri Levandovskidan farqli o‘laroq, terma jamoalar turnirlari finallarida 2ta gol urdi. Aniqroq aytsak, Samuel Olimpiada va Afrika kubogi hal qiluvchi uchrashuvlarida raqiblar darvozasiga yo‘l topdi. Kamerunlik sobiq hujumchining final tamg‘asiga ega qolgan 6ta goli klublar darajasida turnirlarda kuzatilgan.

4-7-o‘rinlar. Neymar - 8ta gol. Braziliyalik yulduz avvaliga o‘z vatanida bo‘lib o‘tgan hal qiluvchi o‘yinda porlash uddasidan chiqdi: 2011 yili Libertadores kubogi finalida gol urib, «Santos» bilan g‘alabani tantana qildi. U shundan keyin katta finallarda «Barselona» va «PSJ» klublari va Braziliya milliy jamoasi uchun gollar urdi.

4-7-o‘rinlar. Krishtianu Ronaldu - 8ta gol. Portugaliya­lik afsona faoliyati davomida «MYU», «Real» va «Yuventus» uchun final o‘yinlarida 8ta gol urdi. Biroq Krish 2004 va 2016 yillar Yevropa chempionati hal qiluvchi bahslarida jamoasiga yordam berolmadi.

3-o‘rin. Didye Drogba - 9ta gol. Kot-d~Ivuar futboli afsonasi ushbu ro‘yxatning o‘ziga xos vakili hisoblanadi. Chunonchi, Didye finallarda urilgan 9ta golini ham «Chelsi» libosida nishonlagan. Eng muhimi, shubhasiz, CHL-2011|2012 finalida «Bavariya» darvozasiga urilgani, albatta.

1-2-o‘rinlar. Edinson Kavani - 13ta gol. Urugvaylik «El-Matador»ning finallardagi gollaridan «Napoli», «PSJ» va «MYU» manfaatdor. Biroq Kavaniga Urugvay milliy jamoasi uchun hal qiluvchi bahsda gol urish baxti nasib etgani yo‘q. To‘g‘ri, u JCH-2010da 3-o‘rin uchun kechgan bahsda raqib darvozasiga yo‘l topgani bilan maqtanishga haqli.

1-2-o‘rinlar. Lionel Messi - 13ta gol. Argentinalik yulduz finallarda urgan 13ta golidan 11tasini «Barselona» safida Chempionlar Ligasi va Ispaniya kubogida nishonlagan. Xullas, Leo Argentina milliy jamoasi uchun yirik turnirlarning hal qiluvchi o‘yinlarida atigi 2ta gol urgan. Muhimi, har ikkisi JCH-2022 finaliga to‘g‘ri keldi va «albiselestlar»ning chempion bo‘lishlarida katta rol o‘ynadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: