
2026 yilgi Jahon chempionati saralashining 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston — Eron uchrashuvi durang natija bilan yakunlandi.
Sofascore portali ushbu bahsda harakat qilgan futbolchilarga qo‘yilgan ballarni e’lon qildi. Unga ko‘ra O‘zbekistonlik himoyachi Husniddin Aliqulov 7,9 ballga loyiq ko‘rilgan. O‘zbekiston milliy jamoasi darvozaboni O‘tkir Yusupov 7,7 ball olgan bo‘lsa, yana bir ishonchli harakat qilgan Abduqodir Husanov 7,6 ballga loyiq ko‘rilgan.
O‘zbekiston jamoasidan eng past ballni Farrux Sayfiyev olgan: 6,1 ball. Yana bir sariq kartochka olgan Odiljon Hamrobekov 6,5 ballga loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, bugungi o‘yinda foydali ish koeffisiyenti past bo‘lgan Jaloliddin Masharipovga 6,7 ball berilgan. Ushbu o‘yinda eng yaxshi o‘yinchi bo‘lgan Eldor Shomurodov ham eng past ko‘rsatkichlardan birini ko‘rsatdi — 6.8 ball.
Mehmonlar tarkibida tayanch yarim himoyachisi Said Izzatullohiy 7,9 ball bilan eng yuqori, qizil kartochka olib jamoasini qiyin ahvolga solgan Solih Sardaniy eng past (6,1) ballni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, ushbu o‘yinga 34 mingga yaqin futbol muxlislari tashrif buyurdi. 3-turdan so‘ng O‘zbekiston va Eron 7 ochko to‘plab A guruhi yetakchiligini saqlab turibdi.
Bahodir Jalolov va Murodjon Ahmadaliev mashg'ulotlarni birgalikda davom ettiryapti (VIDEO)
Jeyk Pol - Entoni Joshua bilan jang haqida: "Men ikkita raundda g'alaba qozongandim"
2026 yilda jahon chempioni bo'lishni niyat qilgan Xurshidbek Rasuljonov bilan intervyu
2026 yilda jahon chempioni bo'lishni niyat qilgan Xurshidbek Rasuljonov bilan katta intervyu