SportUz.Net

Olimpiadadan qaytayotgan koreyalik sportchilarni ikki yoshli it tekshiradi

13.08.2024 13:28    


Rasmni yuklab olish

Janubiy Koreya hukumati Inchxondagi xalqaro aeroportga CHeko laqabli ikki yashar itni jo'natdi.

Bu bigl Parij-2024 Olimpiadasidan qaytayotgan sportchilar hamda delegaciya rasmiy shaxslarini klopa, yani to'shak qandalasiga qarshi tekshiruvdan o'tkazadi. 

"Parij shahri uch hafta davomida dunyoning 206 davlatidan kelgan 10 000 dan ziyod sport jamoatchiligiga mezbonlik qildi. Bu holatda delegatlarning Parijdan klopalarni o'zlari bilan birga vatanga olib ketish havfi oshadi. SHu sababdan biz mamlakatning bosh darvozasida zarur extiyot choralarini ko'rishni lozim topdik", — deyiladi hukumat bayonotida .

Malumot uchun, Koreya Respublikasi sportchilari Parij-2024 Olimpiadasida 13 ta oltin, 9 ta kumush va 10 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 8-o'rinni egallashdi. O'n uchta oltindan 5 tasini kamondan o'q otuvchilar qo'lga kiritishgan. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: