SportUz.Net
photo photo

Keyn va Son Xyong Min APL rekordini yangilashdi

08.03.2021 09:30    


Rasmni yuklab olish

«Tottenxem» hujumchisi Xarri Keyn Angliya chempionatining 28-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yinda (4:1) ikkita gol urdi. Gollarning biriga Son Xyong Min assistentlik qildi.

Joriy mavsumda bu ikki futbolchi bir-biriga 14-marta assist vazifasini bajarishdi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Keyn-Son juftligi APLning yangi rekordini o‘rnatishdi.

Shu paytgacha rekord Alan Shirer – Kris Satton juftligiga tegishli bo‘lib, ular mavsum-1994/95da «Blekbern» safida bir-birlariga 13 marta golli uzatmani amalga oshirishgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: