«Real» hujumchisi Karim Benzema Ispaniya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan «Atletiko»ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi.
Fransiyalik futbolchi uchun bugungi bahs La liga doirasidagi 371-o‘yin bo‘ldi. Shu tariqa, u xorijlik futbolchilar orasida Ispaniya chempionatidagi o‘yinlar soni bo‘yicha "Qirollik klubi"ning sobiq himoyachisi Roberto Karlosga tegishli rekordni yangiladi.
Fransiyalik o‘yinchi 2009 yildan buyon «Real» sharafini himoya qilib keladi.
27 sentyabr kuni Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar (to'liq ro'yxat)