SportUz.Net
photo photo

Makgregor - CHendler jangi o'tkazilmay turib, daromad bo'yicha UFC rekordini yangiladi

14.05.2024 12:00    


Rasmni yuklab olish

Ushbu jangning o'tkazilishiga hali bir yarim oy vaqt bor, ammo hozirning o'zida tarixiy rekord qayd etib ulgurdi.

Konor Makgregor va Maykl CHendler o'rtasidagi jang yarimo'rta vazn toifasida tashkil etiladi va 29 iyun kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkaziladigan UFC 303 turnirining markaziy to'qnashuvi bo'ladi. 

Gap shundaki, bu jang hozirning o'zida UFC promoushenining moliyaviy rekordini yangiladi. Turnir uchun chiqarilgan chiptalar 20 million dollardan oshiqroqqa sotib bo'lingan. Bu malumotni UFC on ESPN 56 turniridan keyingi matbuot anjumanida shaxsan tashkilot rahbari Dana Uayt aytgan.

Etiborlisi, bundan avvalgi rekord ham aynan Konor Makgregor ishtirokidagi jangga tegishli edi. Uning 2016 yilning noyabr oyida Nyu-Yorkdagi UFC 205 turniri doirasida engil vazn chempionligi uchun Eddi Alvaresga qarshi o'tkazgan jangi chiptalari 17.7 million dollarga sotilgan edi.

Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor o'rtasida 2018 yilning oktyabr oyida UFC 229 turniri doirasida o'tkazgan jangi 17.2 million dollarga pullangandi. UFC 300 turniri chiptalaridan esa 16.5 million dollar daromad qilingandi. Yubiley turnirning markaziy jangida yarimog'ir vazn toifasi chempioni Aleks Pereyra Jamal Xillga qarshi oktagonga chiqqandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: