SportUz.Net
photo photo

Mbappe ketma-ket beshinchi marta Fransiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

14.05.2024 10:00    


Rasmni yuklab olish

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya professional futbolchilar milliy ittifoqi tmoonidan Liga 1'ning joriy mavsumidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Shu tariqa, 25 yoshli futbolchi ketma-ket beshinchi marta ushbu sovrin egasiga aylandi. Mbappe 2019, 2021, 2022 va 2023 yillarda ham mazkur sovrinni qo‘lga kiritgandi. 2020 yilda esa koronavirus pandemiyasi tufayli sovrin hech kimga topshirilmagandi.

Kilian ushbu natija bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi. Zlatan Ibrahimovich uch, Eden Azar esa ikki marta Fransiya chempionatining eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgandi.

Mbappe joriy mavsumda Liga 1 doirasida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 27 gol va 7 assist muallifi bo‘ldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: