SportUz.Net
photo photo

Maykl Jordanning krossovkasi katta pulga sotildi

17.04.2024 15:34    


Rasmni yuklab olish

Basketbol afsonasi Maykl Jordanning krossovkasi kimoshdi savdosida sotildi.

U 1996 yilgi Milliy Basketbol associaciyasining finalidan o'rin olgan beshinchi uchrashuvda "CHikago Bullz" tarkibida "Sietl Supersoniks" (78:89) klubiga qarshi parketga chiqqandi. O'sha o'yinda Jordan harakat qilgan krossovkalar aukcionda 482 ming dollarga sotildi. 

Uchrashuv 1996 yilning 14 iyun kuni Sietl shahrida bo'lib o'tgandi. Jordan o'sha o'yinda 43 daqiqa harakat qilgan edi. U 26 ochko bilan o'yinning eng sermahsul basketbolchisiga aylangandi. Lekin Mayklning bu harakatlari "CHikago"ning g'alaba qozonishi uchun etarli bo'lmagandi. Uchrashuvda "Supersoniks" zafar quchgandi. 

Sotheby’s aukcionida avvalroq Maykl Jordanning boshqa ekipirovkalari ham sotuvga qo'yilgandi. Mayklning rekord darajada sotilgan futbolkasi 10,1 mln dollarga pullangandi. Bu maykada u 1998 yilning finalning ilk uchrashuvida o'ynagan edi. SHu yilning fevralida Sotheby’s Jordanning 6 ta poy Air Jordan krossovkalari 8 mln dollarga sotilgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: