SportUz.Net

Konor Makgregor ishtirokidagi film Amazon rekordini yangiladi

03.04.2024 15:34    


Rasmni yuklab olish

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor suratga tushgan "Dom u dorogi" ("Yo'l chetidagi uy") filmi jahon kinoprokatida katta qiziqish bilan kutib olindi.

Bu kinokartina Amazon filmlari orasida pulli striming tizimidagi ko'rishlar bo'yicha rekord o'rnatdi. Film 21 mart kuni striming servisida prokatga chiqarilgandi. So'nggi 10 kun ichida "Dom u dorogi"gini 50 milliondan ortiq kishi tomosha qilgan. Rejissyor Dag Layman tomonidan suratga olingan film 10 kunda 750 million dollar daromad keltirgan. 

Amazon Prime Video pullik striming plaformasida namoyish etilayotgan ushbu filmning asosiy g'oyasi jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'lib, unda Konordan tashqari portugaliyalik aktrissa Daniela Melshior, shuningdek, Jeyk Jillenxol, Billi Magnussen kabi aktyorlar rol ijro etishgan. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: