Jahon shaxmat federasiyasi mart oyi yakunlangach, o‘z reytingini yangiladi. Ushbu yangilangan jahon reytingida kuchli 100 likdan 4 nafar o‘zbekistonlik grossmeyster o‘rin oldi.
Reytingda Nodirbek Abdusattorov 4-o‘rinda qayd etildi. U avvalgi reytingda 11-o‘rinni egallagan edi. Javohir Sindorov 50-o‘ringa tushib ketdi. Uning avvalgi qayd etgan natijasi — 36-o‘rin bo‘lgan. Bundan tashqari, eng kuchli shaxmatchilar reytingida Rustam Qosimjonov (48-o‘rin) hamda Nodirbek Yakubboyev (75-o‘rin) o‘rin olgan.
E’tiborlisi, Nodirbek yoshlar o‘rtasidagi rasmiy reytingda birinchi o‘rinda qayd etilgan. Yana bir hamyurtimiz Javohir Sindorov oltinchi egallab turibdi. U mart oyida beshinchi o‘rinda qayd etilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Nodirbek Abdusattorov Chexiyada o‘tkazilgan Prague Chess Festival 2024 turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib, bosh sovrin sohibi bo‘lgan edi.
"Nima uchun yo'q?". 43 yoshli Gennadiy Golovkin ringga qaytish haqidagi savolga javob berdi