SportUz.Net
photo photo

«Bayer»: Har o‘yinda o‘rtacha 2,69 ochko!

31.03.2024 00:00    


Rasmni yuklab olish

Xabi Alonso tuzgan ishtiyoqli «Bayer» bu yil Bundesligada «Bavariya»ni taxtdan ag‘darishga to‘la haqli ekanligini isbotlashga ulgurdi.

Deylik, Leverkuzen drujinasi joriy mavsum 1ta o‘yinga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha ochko miqdori bo‘yicha Yevropaning kuchli 5ta ligasi ishtirokchilari orasida eng yuqori natijaga ega.

Diqqat qiling, «Bayer» joriy mavsum Bundesliganing har bir o‘yinida o‘rtacha hisobda 2,69 ochko ishladi. Yevropaning eng sara chempionatlarida boshqa biror klub bunday ko‘rsatkich bilan maqtanolmaydi. Mail nashri tomonidan o‘rtacha ochko miqdori asosida tuzilgan Yevropa jamoalari reytinginining 2-qatori «A» seriyada skudettoni deyarli naqd qilishga ulgurgan «Inter»ga tegishli (1ta o‘yinda o‘rtacha 2,62 ochko). 

Aytish kerak, «Bayer» joriy mavsum Germaniya chempionatining 26ta turida 70 ochko to‘pladi. Bundesliga tarixida 26ta turda bundan ko‘proq ochko ishlash holati atigi bir marta kuzatilgandi. Ya’ni «Bavariya» mavsum-2013/2014 doirasidagi 26ta o‘yinda 74 ochko jamg‘argandi. Hozir esa Alonso jamoasi Bundesliga turnir jadvalida eng yaqin ta’qibchisi «Bavariya»ni naq 10 ochkoga ortda qoldirmoqda.

O‘rtacha ochko miqdori bo‘yicha joriy mavsum peshqadamlari (Evropaning kuchli 5ta ligasi)

«Bayer»: Bundesligada 2,69 ochko

«Inter»: «A» seriyada 2,62 ochko

«Real»: la Ligada 2,48 ochko

«Bavariya»: Bundesligada 2,31 ochko

«Arsenal»: APLda 2,29 ochko

«Liverpul»: APLda 2,29 ochko

«PSJ»: Liga 1da 2,26 ochko 

«Manchester Siti»: APLda 2,25 ochko



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: