SportUz.Net
photo photo

Birgina fotosurat orqali mashhur bo'lib ketgan go'zal Ellison Stokke yoxud tarixda natija ko'rsata olmagan yulduz

11.03.2024 21:00    


Rasmni yuklab olish

Amerikalik engil atletikachi Ellison Stokke o'zining yuqori natijalari bilan sportda mashhurlik qozonmagan bo'lsa-da, tashqi ko'rinishi bilan butun dunyoga tanilgan.

Atlet tayanib sakrash yo'nalishida shug'ullandi, uning ijtiomiy tarmoqlarga joylagan rasm hamda videolari ko'plab kuzatuvchilarning etiborini tortib, millionlab layklar yig'moqda. Ellison amerikalik engil atletikachi o'smirlar orasida eng umidli sportchilardan biri edi. U Berklidagi Kaliforniya universiteti talabasi bo'lib, u erda sociologiya bo'yicha tahsil olgan. Stokke yoshlar o'rtasida uyda ham, tashqarida ham bir necha marta langarcho'pga tayanib sakrash bo'yicha rekordlar o'rnatgan. 

Sportchining hayotini 2007 yildagi birgina rasm keskin o'zgartirib yubordi. Mintaqaviy turnirlarining birida tribunadagi yosh muxlis Ellison bilan birga rasm tushib, o'zining With Leather blogiga joylashtiradi, shundan so'ng ushbu sahifaga ko'plab erkaklar obuna bo'ladi. 17 yoshli Stokkening fotosi «Tayanib sakrash shunchalik go'zalki, uni qonuniy qilsa bo'ladi» sarlavhasi bilan ijtimoiy tarmoqqa chop etilgan edi. Uning surati internetda virus kabi tarqalib, sportchini yulduzga aylantirib yubordi. Amerikalikning tanasi, qoraygan terisi va uzun qora sochlari internet foydalanuvchilarga yoqdi.  

Ellisonning o'zi mashhurlikka etibor bermaslikka harakat qildi, ammo vaziyat nazoratdan chiqa boshladi. Uning musobaqalari, matbuot anjumanlari boshqa engil atletikachilarga qaraganda ikki barobar ko'proq jurnalistlarni jalb etardi. Ular Stokkening fotolarini ko'proq olishdan manfaatdor edi, ammo uning sportdagi natijalari u qadar qoniqarli emasdi. SHu bilan birga, atletning ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari oshib bordi hamda YouTube platmormasidagi videolari 100 minglab tomosha qilindi. Bazilar shu qadar bemanilik darajasiga etdiki, tayanib sakrashga doir veb-saytlar ham ochildi. Bu voqea Washington Post, New York Times va BBC kabi yirik ommaviy axborot vositalarida yoritilgan. Amerika matbuotidan tashqari, Germaniya hamda Avstraliya nashrlari ham ushbu voqelikni ommaga taqdim etgandi. Qahramonimizning ismi million martadan ortiq qidirildi. Psixologik jihatdan yosh sportchi bunday bosimga tayyor bo'lmagan edi. 

«Bu noqonuniy bo'lmasa ham, shunchaki kamsitishga o'xshardi. Men tayanib sakrash uchun juda qattiq mashq qilardim, endi bu muhim emasdek. Nima qilayotganimni hech kim ko'rmaydi. Hech kim mening haqiqiy o'zim bilan ishi yo'q», degandi Ellison Washington Post gazetasiga bergan intervyusida. Uning otasi advokat bo'lib ishlardi, internetda qizining shaxsi bilan bog'liq bo'lgan odobsiz kontentlar tarqalib ketmasligi uchun kurashardi. Stokkening mashhurligi pasayishni boshlaganidan so'ng, u bor etiborini mashg'ulotlarga qarata boshladi. Amerikalikning eng yaxshi natijasi 2012 yilda kuzatilgan, o'shanda u 4.36 metr (jahon rekordi – 5.06) balandlikni zabt etgandi. SHundan so'ng sportchi AQSH terma jamoasidan chaqiruv oldi, lekin Londondagi Olimpiya o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kirita olmadi. Qahramonimiz 2017 yilda nafaqaga chiqdi, shunday qilib, u biror marotaba ham na milliy, na xalqaro turnirda g'olib chiqa olmadi. 

Ellison engil atletikani tark etdi, biroq sportdan butunlay ketmadi, u golf bilan shug'ullandi. Bu sport tasodifan tanlanmagan, chunki uning eri, Rikki Fauler golfchi edi. Ular ilk marotaba 2017 yilda do'stlar davrasida uchrashib qoladi va ikki yildan keyin sevishib, turmush qurishadi. Hozirda Stokke muvaffaqiyatli fitnes-model hisoblanadi. Amerikalikning UNIQLO, Athleta, Inc va GoPro kabi yirik brendlar bilan shartnomalari mavjud. Bugungi kunda uning fotosessiyasining taxminiy narxi 15 ming dollarni tashkil etadi.

Habib Jo'raboev tarjimasi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: