SportUz.Net
photo photo

Ravshan Ermatov o‘n yillikning eng yaxshi hakamlari qatoridan joy oldi. U Osiyoda hamon yetakchi

06.02.2021 14:17    


Rasmni yuklab olish

PFutbol tarixi va statistikasi xalqaro federasiyasi jahonning so‘nggi o‘n yillikdagi eng yaxshi hakamlari reytingini e’lon qildi.

Reyting hakamlarning 2010 yildan hozirgacha bo‘lgan yillar davomidagi faoliyatiga qarab ochko berilgan holda tuzilgan.

E’tiborlisi, jahonning so‘nggi o‘n yillikdagi eng yaxshi hakamlari 20taligidan Ravshan Ermatov ham joy olgan. O‘zbekistonlik sobiq referi 33 ball bilan 16-o‘rinda qayd etilgan. Bu borada Ermatov hamon Osiyoning eng yaxshi hakami bo‘lib turibdi. Reytingdan eronlik Ali Rizo Fag‘oniy ham joy olgan.

Ro‘yxatning eng yuqori pog‘onalarini germaniyalik Feliks Brix, turkiyalik Junayd Chaqir va niderlandiyalik Byorn Kyupers egallagan.

Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatov 2020 yilda hakamlik faoliyatini yakunlab, O‘zbekiston futbol federasiyasi birinchi vise-prezidenti etib tayinlangandi.

O‘n yillikning eng yaxshi hakamlari: (IFFHS talqini):

1. Feliks Brix (Germaniya) – 141 ochko
2. Junayd Chaqir (Turkiya) – 140
3. Byorn Kyupers (Niderlandiya) – 133
4. Nikola Rissoli (Italiya) – 113
5. Nestor Pitana (Argentina) – 88
6. Hovard Uebb (Angliya) – 76
7. Damir Skomina (Sloveniya) – 76
8. Martin Atkinson (Angliya) – 69
9. Viktor Kashshai (Vengriya) – 56
10. Antonio Lahoz (Ispaniya) – 54
..16. Ravshan Ermatov (O‘zbekiston) – 33.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: