SportUz.Net
photo photo

Messi joriy yilda 4ta rekordni yangilashi mumkin

05.03.2021 20:30    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" sardori Lionel Messi 4ta rekordni yangilashga yaqin turibdi. Ular bilan tanishtirib o‘tamiz.

1) "Ko‘k-anorranglilar" safida barcha musobaqalar doirasidagi o‘yinlar soni. Messi hisobida hozircha 764ta uchrashuv bor. Bu borada rekordchi Xavi hisobida 767ta o‘yin bor.

2) Bir jamoa safida qo‘lga kiritilgan sovrinlar soni. Lionel kataloniyaliklar bilan 34ta sovrinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, bu borada rekord Rayan Giggzga tegishli. Uelslik futbolchi "MYU" bilan 36ta sovringa ega chiqqan.

3) Bitta chempionatning eng yaxshi to‘purari sovrinlari soni. Messi va Gerd Myuller 7 martadan o‘z chempionatlarining eng yaxshi to‘purariga aylanishgan.

4) "Barselona" safidagi eng uzoq mavsum: 33 yoshli futbolchi Xavi va Karles Reshak (17 yil)ning rekordini yangilashi uchun jamoa yana bir yil qolishi kerak.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: